Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev saylov jarayonlari ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi
12:20 / 2023-07-14

–Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilariga, barcha tuman va shaharlarimiz, qishloq va ovullarimiz aholisiga, yurtimizda tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan mahalla faollariga, fuqarolik instituti vakillariga, hayotimizning nuru ziyosi bo‘lgan aziz faxriylarimizga, jamiyatimiz rivojiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan qadrli opa-singillarimizga, kelajagimiz egalari – navqiron yosh avlodimizga, suyukli o‘g‘il-qizlarimga, chet ellarda ta’lim olib, mehnat qilayotgan, Vatan mehri bilan yashayotgan barcha vatandoshlarimizga chin yurakdan tashakkur bildiraman.

Ayni vaqtda ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda fidokorona mehnat qilayotgan ishchi-xizmatchilarga, tadbirkor va fermerlarga, bunyodkor quruvchilarimizga, fidoyi ustoz va murabbiylarga, ilm-fan, ijod va san’at ahliga, muhtaram ulamolarimizga, aholi salomatligini asrash va mustahkamlash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlariga, dunyodagi eng ulug‘ va sharafli vazifani ado etayotgan jasur harbiylarimizga, barcha Vatan himoyachilariga, jahon maydonlarida yurtimiz bayrog‘ini baland  ko‘tarayotgan  matonatli sportchilarimizga alohida rahmat aytaman.  

Shu bilan birga, Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolariga, mahalliy hokimliklar hamda xorijiy mamlakatlardagi    elchilarimizga, diplomatik vakolatxonalarimiz xodimlariga, saylov jarayonlarida qatnashgan mahalliy va xorijiy kuzatuvchilarga, ommaviy axborot vositalari vakillariga, jurnalist va blogerlarga samimiy minnatdorchilik izhor etaman.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishim munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llagan mamlakatimizning barcha fuqarolariga, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlariga, siyosat va jamoat arboblariga chuqur ehtiromimni bildiraman, – dedi davlat rahbari.  

O‘zA