Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev Pekinga keldi
08:17 / 2022-02-04

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pekin shahriga tashrif buyurdi.

Xitoy poytaxtining “Shoudu” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini ushbu mamlakatning rasmiy shaxslari kutib oldi.

Qishki Olimpiadaning ochilish marosimi bugun Toshkent vaqti bilan 17:00 da Pekindagi “Qush uyasi” milliy stadionida boshlanadi.