Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston matbuotiga intervyu berdi
14:20 / 2021-08-16

17 avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning intervyusi chop etiladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov bugungi brifingda ma’lum qildi.

Gazeta bosh muharriri Salim Doniyorov bilan bo‘lgan ushbu suhbatda O‘zbekistonning oxirgi 5 yillikdagi rivojlanish yo‘li, ichki va tashqi siyosati, hozirgi kundagi ustuvor vazifalar haqidagi so‘z borishi qayd etildi.

– Ishonchim komilki, bu suhbat keng qamrovliligi, faktlarga boyligi va dasturiy ahamiyatga egaligi bilan barcha vatandoshlarimizda, shuningdek, xorijiy ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otadi, – dedi Sherzod Asadov.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy matbuotga ilk bor 2017 yil 22-23 mart kunlari Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi arafasida, «Kazinform» axborot agentligi muxbiriga eksklyuziv intervyu bergan edi.

 

O‘zA