Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev mahalla rivojini ko‘zdan kechirdi
20:11 / 2021-10-12

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanidagi Xo‘jalar mahallasida aholining yashash tarzi bilan tanishdi.

Mahalla Qorako‘l tumani markazida joylashgan bo‘lib, 2 ming 800 nafardan ziyod aholi yashaydi. Bu yerda ko‘plab savdo shoxobchalari, to‘qimachilik korxonalari bor.

Davlatimiz rahbari shu mahallada yashovchi Sohib Xo‘jamberdiyev xonadonida mehmon bo‘ldi.

Oila boshlig‘i tadbirkor. Turmush o‘rtog‘i Diloromxon bilan ikki  farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Ular mahalladagi omilkor oilalardan. Tomorqada va kichik issiqxonada poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Chorva va parranda ro‘zg‘orga baraka kiritadi.

Xonadon sohiblari bilan mamlakatimizdagi tinchlik, bugungi imkoniyatlar, islohotlar natijasi haqida samimiy suhbat bo‘ldi.

Mahalla nuroniylari yurtimizga qut-baraka va farovonlik tilab duo qildi.