Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Shavkat Mirziyoyev – jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi” nomli kitob-albom topshirildi
12:00 / 2025-12-11

Surxondaryo viloyat markazidagi 9-umumta’lim maktabida “Shavkat Mirziyoyev – jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi” nomli kitob-albomning dastlabki to‘plami tuman hamda Termiz shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlariga tantanali topshirildi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kitob-albomdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning faoliyati, siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa sohalarda amalga oshirgan islohotlari haqidagi ma’lumotlar keng o‘rin olganini alohida ta’kidladi. Yosh avlodni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash va o‘quvchilarda yuksak insoniy fazilatlarni yuksaltirishdagi o‘rni haqida fikr yuritdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatdagi 967 ta maktabga 1 ming 774 dona kitob-albom yetkazib beriladi. 

Kitob-albomdan ta’lim muassasalarida “Kelajak soatlari” darsi, maktab kutubxonasi fondi va boshqa ma’rifiy tadbirlarda qo‘shimcha manba sifatida foydalaniladi. Nashr o‘quvchilarning yetakchilik va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, hayotda vatanparvarlik, mas’uliyat, tinch-totuv turmushning qadriga yetish kabi xislatlarni shakllantirishda muhim manba sifatida xizmat qiladi. 

Shu kuni Prezident asarlaridan iborat ma’rifat karvoni viloyat tumanlariga jo‘natildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri