Shavkat Mirziyoyev: Investorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash mexanizmi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasi qiymati 200 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotgan raqamli markirovka va onlayn kassa loyihasini alohida nazoratga olishi kerak.
Vazirlar Mahkamasi qiymati 200 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotgan raqamli markirovka va onlayn kassa loyihasini alohida nazoratga olishi kerak.
Joriy yilda 23 milliard dollarlik investitsiyalar oʻzlashtiriladi hamda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushiriladi.Jumladan “Shoʻrtangazkimyo” kompleksida sintetik suyuq yoqilgʻisi “Navoiyazot” AJda azot kislotasi va amiak, korbamit ishlab chiqarish quvvati barpo etiladi. Toshkent-metallurgiya yangi zavodi, Toshkent metrosining Sirgʻali tarmogʻi, yer usti Halqa yoʻlining birinchi bosqichi ishga tushiriladi.
Investorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash, infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash mexanizmi joriy etiladi.