Shavkat Mirziyoyev: Hunarmandga nafaqat mashaqqatli qoʻl mehnati, balki qalb harorati ham kerak
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev birinchi xalqaro hunarmandchilik festivalining ochilish marosimiga ishtirok etib, nutq soʻzladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev birinchi xalqaro hunarmandchilik festivalining ochilish marosimiga ishtirok etib, nutq soʻzladi.
Davlatimiz rahbari hunarmandlarning mashaqqatli mehnati alohida eʼtirof etib, oddiy qora tuproqdan, bir boʻlak temir yoki yogʻoch parchasidan noyob va goʻzal buyumlar yaratish uchun, taʼbir joiz boʻlsa, ularga “jonu til” bagʻishlash uchun hunarmandga nafaqat mashaqqatli qoʻl mehnati, balki qalb harorati kerakligini taʼkidladi.
Nozik did va mahorat, sabr-toqat, eng muhimi, oʻz kasbiga cheksiz mehr va sadoqat, fidoyilik kerak. Shu bilan birga, chinakam hunar sohibi – u kulol boʻladimi, kandakor yoki toʻquvchi boʻladimi, naqqosh yoki zargar boʻladimi – oʻz ishini aʼlo darajada bajarish uchun juda koʻp ilmlardan, avvalo, kimyo, biologiya, tibbiyot, fizika, geometriya, astronomiya, tarix, falsafa kabi fanlardan xabardor boʻlishi, ularni amalda qoʻllay bilishi zarur, dedi Prezident.