English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: Hokim, shu elni yo‘lboshchisi bo‘lgan odamni hammamiz hurmatini ham joyiga qo‘yishimiz kerak
14:03 / 2021-02-05

Farg‘ona shahrida o‘tayotgan xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev avvalgi hokim, ayni paytda Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan Shuhrat G‘aniyev haqida fikr bildirdi. Bu haqda O‘zA muxbiri xabar bermoqda.

– Ilgari hokimni qo‘yayotganda qarsak chalardik, yomonlab ishdan olardik, ishdan olganimizdan keyin unutvorardik. Bu noto‘g‘ri. Hokim lavozimni tortmasa, ko‘chaga tashlab qo‘yish kerak emas.

Bitta rahbarni tayyorlashga 20 yil ketadi. Biz asrab-avaylab tarbiya qilgan hokimlarimizni hech qachon xor qilmasligimiz kerak. Hokim, shu elni yo‘lboshchisi bo‘lgan odamni hammamiz hurmatini ham joyiga qo‘yishimiz kerak.

Farg‘onada shuncha yil ishlagan odamni Toshkentda rahbarlik qilishi, o‘ylaymanki bu birinchi tajriba. Shu tajriba boshqa viloyatlarga ham yuqsin. Bugun butun respublikamiz ko‘radi, ilohim shu tajribadan amalda viloyat, tuman hokimlari ham o‘zlariga xulosa qilsa men rozi bo‘lardim. Baribir mehnat qilgan odam hech qachon xor bo‘lmasligi kerak, – dedi davlatimiz rahbari.

Matnazar Elmurodov, O‘zA