Prezidentimiz Oqdaryo tumanidagi gidroponika usulidagi issiqxona faoliyati bilan tanishdi
Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini, bozorlarda to‘kin-sochinlikni ta’minlashga Samarqand viloyati dehqonlari ham munosib hissa qo‘shmoqda.

Davlatimiz rahbari viloyatga tashrifi doirasida Oqdaryo tumanidagi “Daromad baxt omad” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan gidroponika usulida tashkil etilgan issiqxona bilan tanishdi. Bu yerda mehnat qilayotgan ishchilar bilan suhbatlashdi.
Gidroponika – bu o‘simliklarni sun’iy muhitda tuproqsiz yetishtirish usulidir. O‘simliklar ozuqani ildizlarini o‘rab turgan eritmadan oladi.

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi salohiyatini yanada oshirish maqsadida barcha hududlarda gidroponika usulida issiqxonalar tashkil etilmoqda. Ixcham va samarador bunday issiqxonalar yuqori sifatli poliz mahsulotlari yetishtirish, minglab ish o‘rinlari yaratish imkonini bermoqda.
Gidroponika tipidagi issiqxonaning yana bir afzalligi shundaki, maxsus unumdor yerga zarurat yo‘q. To‘liq avtomatlashtirilgan nazorat tizimi bilan boshqariladi. Joydan maksimal darajada foydalanish imkoniyati mavjud. Mahsulot yetishtirish uchun sarflangan energiya resurslari ancha arzon. Tejamkor usulda sug‘orish va oziqlantirish tizimi mavjud. Yoritish va sug‘orish uchun maxsus quyosh panellaridan foydalanish mumkin.
Ayni paytda “Daromad baxt omad” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 4 gektar maydonda gidroponika usulida tashkil etilgan tashkil etilgan issiqxonada pomidor parvarishlanmoqda. 22 doimiy 30 dan ortiq mavsumiy ish o‘rni yaratilgan. Shu kungacha 220 tonnadan ortiq mahsulot yetishtirilib, 90 tonnasi Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilindi.
- Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik, - dedi Prezident. - Tumanning zax, toshloq yerlariga gidroponika juda mos. Bunday issiqxonalarni kengaytirish, nima bozorbop bo‘lsa, shuni ekish kerak. Bu yo‘nalishni rivojlantirish uchun mutaxassislar tayyorlash zarur.
Shu yerda Samarqand viloyatida parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, meva-sabzavot yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.
Prezident loyihalar qamrovini oshirish, ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.
Davlatimiz rahbari soya yog‘i xaridorgir va sog‘liq uchun foydali ekani, uning shroti parranda uchun zarur ozuqa bo‘lishini ta’kidladi. Soya yetishtiruvchilar assotsiatsiyasini tuzish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Prezidentimiz Oqdaryo tumanidagi “Mushtariy Oqdaryo” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli tikuvchilik fabrikasida ham bo‘ldi.

O‘tgan yili noyabrda ish boshlagan ushbu korxonada 20 xildagi xotin-qizlar va bolalar uchun trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Bu yerda besh yuzga yaqin xotin-qizlar hamda kollej bitiruvchilari mehnat qilmoqda.
Tabiiy matodan ishlab chiqarilayotgan sifatli kiyim-kechaklarning asosiy qismi Rossiya, AQSh va Qozog‘istonga eksport qilinmoqda.

Prezident fabrikadagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi, mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi, xodimlar bilan suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev bunday zamonaviy korxonalar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutishini, shu kabi fabrikalarni har bir tumanda kamida ikkitadan tashkil etish, trikotaj klasterlari yaratish zarurligini ta’kidladi.
- Birinchi navbatda iqtisodi nisbatan og‘ir bo‘lgan Qo‘shrabot, Nurobod singari tumanlarda bu kabi trikotaj korxonalarini tashkil qilishimiz kerak, - dedi Prezident. - Qancha ko‘p ish o‘rni yaratsak, aholi bizdan shuncha rozi bo‘ladi, turmush farovonligi yaxshilanadi.
Shu yerda yengil sanoat va gidroenergetika sohalaridagi imkoniyatlar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbari loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish, mikrogeslar barpo etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berdi.
Prezidentimiz Samarqandda ishlab chiqarilayotgan «Kamaz» avtomobillari namunalari bilan tanishdi.
Ishlab chiqarish jarayonini mahlliylashtirish, avtomobillar ekportini oshirish lozimligi qayd etildi.