Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: Hammamiz uxlab oʻtiribmiz...
12:13 / 2020-01-24

Murojaatnomada eksportni rivojlantirishdagi kamchiliklar haqida aytildi.


Murojaatnomada eksportni rivojlantirishdagi kamchiliklar haqida aytildi. Jumladan, shu paytga qadar eksportni rivojlantirish uchun xizmat qiladigan birorta qonun ishlamagani tanqid qilindi. Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish Konsepsiyasini ishlab chiqish topshirigʻi qoʻyildi.

Mahsulotlarimizni tashqi va ichki bozorlarga yetkazish, ularning tannarxini tushirish uchun transport-logistika sohasini rivojlantirish zarur, deya taʼkidladi Prezident.

Buning uchun temir yoʻl sohasida yoʻlovchi va yuk tashish, ekspluatatsiya va xizmat koʻrsatishni bir-biridan ajratish, yaʼni xususiy sektorni jalb qilish mumkin boʻlgan yoʻnalishni alohida rivojlantirish kerakligiga urgʻu berildi.

Xalqaro ekspertlarning xulosasiga koʻra, infratuzilmani yaxshilash, moslashuvchan tariflar qoʻllash, yangi istiqbolli yoʻnalishlarni shakllantirish hisobiga bizdagi tranzit salohiyatini hozirgi 7 million tonnadan 16 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud. Biz bir paytlar butun Oʻzbekiston chegarasini 20 yil yopib oldik, biz orqali oʻtadigan yuklar boshqa davlatlardan oʻtib, ularga tranzit pullarini toʻlagan. Hozir 7 million tonna oʻtayapti bizdan. Lekin imkoniyatimiz 16 million tonnaga yetadi. Tasavvur qilinglar, shuncha tonnadan qancha tranzit puli Oʻzbekistonga qoladi. Kim buni oʻylaydi? Qani Transport vazirligi, qani Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari. Hammamiz uxlab oʻtiribmiz, dedi davlatimiz rahbari