Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari amaliy safarini, anʼanaga koʻra, Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.
Xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab duo qilindi.
Ulamolar bilan suhbatda mamlakatimiz tarixi, allomalarimizning boy maʼnaviy merosini yosh avlodga yetkazish, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash haqida soʻz yuritildi. Jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, bilib-bilmay adashganlarni avf etib, toʻgʻri yoʻlga qaytarish, hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kuchaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.