Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: Ekologiya – hayot-mamotimiz. Bitta qo‘mita emas, jamiyatimiz o‘zgarishi kerak
17:49 / 2021-08-24

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Qayd etilishicha, yil yakuniga qadar shaharlar va tuman markazlarida 16 million dona mevali va manzarali daraxtlar hamda butalar ekishga viloyat, shahar va tuman hokimlari;

aholi xonadonlari, tadbirkorlik ob’ektlari hududi va ularning yon-atrofida 42 million dona tut, yong‘oq, jiyda kabi daraxtlar ekishga O‘zbekiston fermerlar, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi raisi  A.Hayitov hamda tuman va shahar hokimlari;

dala maydonlari atrofi hamda kanallar bo‘yida 53 million dona

tut, jiyda, manzarali daraxt va buta ko‘chatlariga – Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Sharipov hamda suv xo‘jaligi vaziri Sh.Hamroyev tizimi;

o‘rmon xo‘jaliklari hududlarida 3 million dona tut ko‘chati ekishga – Ekologiya qo‘mitasi;

Mudofaa vazirligi tasarufidagi muassasalarda, shu jumladan,Chorvoq suv ombori hamda Krasnogorsk shaharchasi atrofidagi o‘rmon hududlarida 500 ming dona manzarali, mevali daraxtlar va buta ko‘chatlarini  ekishga – vazir o‘rinbosari Zoir Bozorboyev shaxsan mas’ul bo‘ladi.  

Yig‘ilishda viloyat hokimlariga ikki oy muddatda shaharlar va tumanlar markazlaridagi 4,5 ming kilometr ichki irrigatsiya tarmoqlari faoliyatini tiklash bo‘yicha topshiriq berildi.

Davlatimiz rahbari yashil daraxtzorlar xalqimizning boyligi ekani, ularni ko‘paytirish aholi salomatligini mustahkamlashda muhim omil bo‘lishini ta’kidladi.  

– Ekologiya – hayot-mamotimiz. Men hozir Ekologiya qo‘mitasi rahbari ishdan olinganini aytdim. Aslida bitta qo‘mita emas, jamiyatimiz o‘zgarishi kerak. Har bitta daraxtni saqlab qolish uchun hamma kurashishi kerak. Bu masalada har doim gapirib kelingan, lekin natija bo‘lmagan. Endi nazorat qattiq bo‘ladi, – dedi Prezidentimiz.

 

O‘zA