Shavkat Mirziyoyev Buxoro-Kogon yo‘li bo‘yida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi
Бу uylar qurilishi 2017-yil may oyida boshlangan va ularni joriy yil martda yakuniga yetkazish mo‘ljallangan.
Бу uylar qurilishi 2017-yil may oyida boshlangan va ularni joriy yil martda yakuniga yetkazish mo‘ljallangan. Umumiy majmua sifatida qurilayotgan uylar soni 39 ta bo‘lib, 1024 xonadondan iborat. 5 qavatli uylar asosan 2 va 3 xonali, birinchi qavatida savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari joylashgan. Uylar 15 yil muddatga kredit asosida beriladi.Президентимиз uylarning qurilish loyihasini ko‘zdan kechirdi.
Шу yerda davlatimiz rahbariga viloyatda olib boriladigan yangi qurilishlar haqida ma’lumot berildi. Kogon shahrida qurilayotgan 6 va 7 qavatli uylar qariyb 2 gektar maydonni egallaydi.
Бухоро shahrining Islom Karimov ko‘chasi bo‘yidagi inshootlarni qayta qurish loyihasiga ko‘ra, savdo, ko‘ngilochar markazlar, ijtimoiy soha obe’ktlari barpo etiladi.
Шавкат Mirziyoyev loyihalarni takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini aytdi.
Шавкат Mirziyoyev loyihalarni takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini aytdi.
Buxoro shahrining bosh rejasiga ko‘ra, I.Karimov, O.Eshonov, Hamza, M.Iqbol, S.Ayniy ko‘chalari kesishmalaridagi turar-joy mavzelari qayta quriladi. Tartibsiz va ma’naviy eskirgan uylar yangilanadi.
Бу yerdagi besh massivda 785 xonadonli 57 turar-joy binosi, 181 noturar-joy bino va 28 ta hovli mavjud. Yangi loyihaga ko‘ra, 3399 xonadonli 57 turar-joy binosi, 370 noturar-joy binosi barpo etiladi.
- Бу eng muhim masala, - dedi Prezidentimiz. – Odamlarni rozi qilish uchun avvalo, ularning yashash joylariga e’tibor qaratish lozim.
Лойиҳаларда ko‘rsatilganidek, Buxoro shahridagi Ibn Sino ko‘chasi qayta quriladi. Bundan tashqari, Alpomish va Farg‘oniy ko‘chalari kesishmasida umumiy majmua sifatida yangi turar-joy binolari bunyod etiladi.
Лойиҳаларда ko‘rsatilganidek, Buxoro shahridagi Ibn Sino ko‘chasi qayta quriladi. Bundan tashqari, Alpomish va Farg‘oniy ko‘chalari kesishmasida umumiy majmua sifatida yangi turar-joy binolari bunyod etiladi.
Бухоро viloyatida ko‘p qavatli uy-joy fondini yaxshilash dasturida esa joriy yilda 546 ta ko‘p qavatli uyni ta’mirlash va atrofini obodonlashtirish ko‘zda tutilgan.
-Бухоро - sayyohlar ko‘p keladigan shahar. Bu yerda tarixiy obidalar ko‘p, lekin zamonaviy bino va inshootlar kam, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Bu ko‘chalar bo‘yida zamonaviy binolar qurish kerak. Buxoro nafaqat tarixiy, balki zamonaviylik nuqtai nazaridan ham yetakchi bo‘lishi zarur.
Давлатимиз раҳбарига Buxoro davlat tibbiyot institutining 900 o‘rinli o‘quv binosi va 200 o‘rinli klinikasi, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Buxoro filialining qabul-diagnostika bo‘limini qurish va 120 o‘rinli davolash korpusini rekonstruksiya qilish loyihalari taqdim qilindi.
Вилоятда yo‘lovchi tashish tizimini rivojlantirish rejasiga ko‘ra, katta sig‘imli avtobuslar xarid qilinadi. Buxoro viloyatidan Rossiyaning Moskva, Ufa, Sankt-Peterburg kabi shaharlariga yangi yo‘nalishlar ochiladi. Bundan tashqari, mavsumiy yo‘nalishlar tashkil qilinib, viloyatlarga qatnovlar amalga oshiriladi.
- Transport tizimini takomillashtiradigan vaqt keldi, - dedi Prezidentimiz. – Shu paytgacha bu sohaga yetarlicha e’tibor berilmadi. Qanchadan-qancha avtobus saroylari xususiylashtirib yuborildi. Chekka joylarga transport vositalari bormaydi. Odamlar shaharga kelishga qiynaladi. Buning uchun jamoat transporti tizimini tartibga olish zarur.
Бухоро viloyatida ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish rejasi ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, 2019 yildan viloyatning asosiy qismi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Ayni paytda bu boradagi ko‘rsatkich 51 foiz, xolos. Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihada Qorako‘l va Olot tumanlari aholisini ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Davlatimiz rahbari loyihalarni imkon qadar qisqa muddatlarda amalga oshirish zarurligini ta’kidladi. Lekin, ishning sifatiga alohida e’tibor qaratish lozim.