Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: Ayniqsa rahbarlarimiz oʻzgarishi kerak
11:55 / 2020-01-24

Prezident Murojaatnomasida rahbarlar salohiyati haqida gapirib, ular zamonaviylashishi, kerak boʻlsa oʻqib-oʻrganishi, qogʻozbozlikdan voz kechish xususida oʻz takliflarini berdi.


Prezident Murojaatnomasida rahbarlar salohiyati haqida gapirib, ular zamonaviylashishi, kerak boʻlsa oʻqib-oʻrganishi, qogʻozbozlikdan voz kechish xususida oʻz takliflarini berdi.

Agar oʻzida boʻlmasa, muoviniga qanday topshiriq beradi. Bunday rahbar oʻsha lavozimda oʻz umrini qisqartiradi. Shuning uchun kelgusida bu tizimdagi ishlarga bosh-qosh boʻlish uchun har bir vazirlik va idoralarda, hokimliklarda alohida oʻrinbosarlar lavozimi joriy etiladi. Parlament ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda hukumat va rahbarlarning hisobotlari muntazam eshitilishini tashkil etishi kerak.

Ayniqsa rahbarlarimiz oʻzgarishi kerak. Qogʻozbozlik yaxshilikka olib kelmaydi. Ertaga bunday ishlab boʻlmaydi. Xarajat, vaqt bekor ketayapti. Rahbarlar, mutasaddilar buni bilmasanglar, oʻrganinglar. Kurs tashkil qilib, oʻrganib olsak, zamonga moslashamiz. Oʻrganolmasak kechikamiz. Bu jarayonga taʼsir koʻrsatolmay qolasizlar. Yangi davr shuni talab qiladi. Parlamentda eng katta nazorat tizimini tashkil qilishimiz kerak, dedi Prezident.