Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev “Masdar City” texnoparki bilan tanishdi
16:24 / 2019-03-27

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Masdar City” texnoparkiga tashrif buyurdi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Masdar City” texnoparkiga tashrif buyurdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Masdar City” zamonaviy texnologiyalar va muhandislik yutuqlari asosida bunyod etilgan innovatsion shaharchadir. 600 gektarni egallagan texnopark ekologik toza hudud hisoblanib, bu yerda faqatgina muqobil energiya – quyosh batareyalari va fotoelektr qurilmalaridan foydalaniladi. Hududga avtomobillar kirishi taqiqlangan. Manzillarga haydovchisiz boshqariladigan elektr transportlarida boriladi.

Tashrif chog‘ida texnoparkning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘zlab berildi. Aytib o‘tilganidek, bu yerda innovatsion ishlanmalar yaratish, ulardan turli sohalarda foydalanish uchun zarur ilmiy-ijodiy muhit yaratilgan. Ko‘chalarda mo‘tadil iqlimni ta’minlab turadigan ventilyatorlar, favvora va havzalar barpo qilingan.

Shavkat Mirziyoyev quyosh panellari ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boriladigan laboratoriya faoliyati bilan tanishdi. Bunday maskanlar fan-texnika yutuqlaridan unumli foydalangan holda insoniyatning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish, mamlakatlar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Xalifa universitetida mazkur sohada ilmiy izlanish olib borayotgan o‘zbekistonlik talaba qiz bilan suhbatlashdi. Bu yerda olgan bilim va tajribalarini mamlakatimizda tatbiq etib, yurtimizda muqobil energetikani rivojlantirishga hissa qo‘shish muhimligini ta’kidladi.

a07bb05d-01c8-5fc2-61ed-b4e3eed3043d.jpg

e050ad9c-ce16-ee16-b439-50b2c5084893.jpg

7736697e-4bf7-76eb-66f8-06fbaaaa11d4.jpg

22bd0ec4-ff49-9bf4-a3a2-5057841d0912.jpg