Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shashti baland yoshlar
18:01 / 2016-05-19

Yosh avlodning jismonan sog‘lom va har tomonlama barkamol ulg‘ayishida Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan uch bosqichli sport musobaqalari – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada o‘yinlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yosh avlodning jismonan sog‘lom va har tomonlama barkamol ulg‘ayishida Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan uch bosqichli sport musobaqalari – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada o‘yinlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu yil Farg‘onada o‘tkaziladigan oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasidagi Universiada musobaqalarining final bosqichiga Andijon viloyati yoshlari ham puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.

– Ushbu musobaqalarda bu yil Andijondan 62 talaba-yoshlar ishtirok etadi, – deydi Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti dekani Botir Nosirov. – Sportchilarimiz musobaqalarga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rdi. Jamoaviy o‘yinlarda qo‘l to‘pi bo‘yicha qizlar, basketbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar jamoasi, shuningdek, suzish, yengil atletika, boks, stol tennisi, og‘ir atletika, shaxmat, taekvondo, dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha yuqori natijalarga erishish niyatidamiz. Sportchilarimizning shashti baland, faqat g‘alaba bilan qaytishni rejalashtirganmiz.

– Musobaqalarda suzish bo‘yicha ishtirok etaman, – deydi Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti birinchi kurs talabasi Firdavs Musabekov. – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” o‘yinlarida g‘oliblar qatoridan joy olgan edim. Endi navbat Universiada o‘yinlariga. Bu gal faqat oltin medal uchun kurashaman.

Ushbu sport turi bo‘yicha Universiada o‘yinlarida faqat g‘oliblikni ko‘zlagan Andijon viloyati jamoasi tarkibida Ra’no Omonova, Elmurod Xoliqov, Hasanboy Do‘stmatov, Feruzbek Matisayev kabi mamlakat va xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatga erishgan tajribali sportchilar bor.