English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shashkachilarimiz Osiyoda tengsiz
18:07 / 2015-05-06

Poytaxtimizda 64 va 100 katakli shashka bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi.

Poytaxtimizda 64 va 100 katakli shashka bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Osiyo shashka konfederatsiyasi hamda mamlakatimiz shashka federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada qit’amizning yigirmaga yaqin davlatidan 250 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Musobaqada hamyurtimiz Laziz Muraliyev 64 va 100 katakli shashka bo‘yicha blits, rapid va klassik yo‘nalishlarida uchtadan oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, shashkachilarimizdan Alisher Ortiqov, Ozodbek O‘rmonaliyev, Husniddin Jiyanboyev, Saidqosim Aliyev, Islomjon Karimov, Shahzod Qobilov, Mirzobek Rofiyev, Abror Oltiboyev, Hoshimjon Ergashev, Abduvohid Abdujabborov, Sherdor Rahimjonov, Muhammadyusuf Toshtemirov o‘z yosh toifalarida g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Xotin-qizlar o‘rtasida to‘qqiz karra Osiyo chempioni Shahzoda Tursunmurodovaga teng keladigan raqib topilmadi. U barcha yo‘nalishlarda to‘rtta oltin, bittadan kumush va bronza medal bilan taqdirlandi. Sayyora Yo‘ldosheva, Mohinur Umarova, Laylo Toshpo‘latova, Iroda Tursunqulova, Zebiniso Toshpo‘latova, Zebiniso Mamasoliyeva, Sarvinoz Hasanova, Nigina Bozorova o‘z yosh toifasida sovrinli o‘rinni egalladi.

Faxriylar o‘rtasidagi bahslarda Abduqodir Toshtemirov, Mamasoli Teshaboyev, Nina Kim munosib ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, chempionatda hamyurtlarimiz jami 34 oltin, 27 kumush, 24 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.