Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shashkachilarimiz jahon chempionatida 32 ta medalga ega chiqdi
21:44 / 2025-11-12

Turkiyaning Antaliya va Alaniya shaharlarida o‘tkazilgan Jahon chempionatlarida mamlakatimiz shashkachilari g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

24 dan ortiq davlatdan 300 dan ortiq sportchi ishtirok yetgan shashkaning 100 va 64 katakli turlari bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatining murosasiz bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4 ta oltin, 14 ta kumush, 14 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Murosasiz o‘yinlarga boy kechgan chempionat yakunida mahoratli shashkachilarimiz Nigina Bozorova, Ramazon Xudoynazarov, Ozodbek O‘rmonaliyev xalqaro grossmeyster talabini bajarishdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA