Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shashka: Matonatli sportchilarimiz Qirg‘izistonda 14 medalga ega chiqdi
13:00 / 2022-09-16

64 katakli shashka bo‘yicha imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida o‘tgan jahon chempionatida matonatli sportchilarimiz 14 ta medalga musharraf bo‘ldi.

Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Litva hamda Qirg‘izistonning 80 nafardan ziyod shashkachilari bilan bahslashgan 13 nafar sportchimiz chempionat yakunida 4 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza, jami 14 ta medalga ega chiqdi. 

Bu esa O‘zbekiston shashkachilarining umumjamoada 1-o‘rinni egallashini ta’minladi. 

Bahslarda Fayzullo Mardiyev, Sadoqat To‘liboyeva, Marhabo Xalilova singari hamyurtlarimiz jamoa g‘alabasiga munosib ulush qo‘shdi. 

O‘zbekiston shashkachilarining salohiyatini namoyish etgan terma jamoamiz a’zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish, Ichki ishlar va Xalq ta’limi vazirligi mutasaddi xodimlari hamda sportchilarning oila a’zolari ishtirokida tantanali kutib olindi.  
 

T.Ro‘ziyev,  
O‘zA