Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shartnomasi bo‘lsa-da, fermer turli vajlar orqali ortga qaytarib yuborilgan
15:03 / 2022-10-31

Aholi turmush tarzini yaxshilash, ularni har tomonlama qo‘llab-qyvvatlash orqali «Har bir oila – tadbirkor» shiori ostida fuqarolarimizning o‘zini-o‘zi band qilishi bo‘yicha ularga ko‘mak berib kelinmoqda.

Xususan, Prezidentning «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ham qabul qilingan. Mazkur qaror doirasida Jizzax viloyati aholisi uchun hokim yordamchilari tomonidan turli tavsiya va takliflar berib kelinmoqda.  

Jizzax shahrida yashovchi fuqaro Oxunjon Obloqulov bu kabi imkoniyatdan unumli foydalanish maqsadida chorvachilikni rivojlantirish uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga 33 mln. so‘m mablag‘ olish uchun bank bilan shartnoma imzolaydi.  

Mablag‘ o‘z vaqtida ta’minotchi sifatida ko‘rsatilgan Sh.Rashidov tumani, «Samarqand quduq» QFYda joylashgan «Yahyoyev Farhod» fermer xo‘jaligi hisob raqamiga o‘tkazilib, bir haftada qo‘ylar yetkazib berilishiga kelishib olingan. Oradan mana, bir yil o‘tsa hamki, yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan qo‘ylarning daragi yo‘q. Fuqaro fermer xo‘jaligi rahbariga bir necha marotaba qo‘ylarni qachon yetkazib berilishini so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa-da, turli vajlar orqali uni ortga qaytarib yuborgan.  

Bu yugurishlardan naf chiqmagach, iste’molchi O.Obloqulov O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.  

Mazkur murojaat o‘z vaqtida o‘rganilgan va Fermer xo‘jaligi tomonidan va’da qilingan qo‘ylar iste’molchiga o‘z vaqtida yetkazib berilgan.  

 

O‘zA