Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shartnomalar bo‘yicha barcha majburiyatlar bajarilishi kafolatlanadi – Madaniyat va turizm vazirligi
10:24 / 2023-04-12

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi farmoniga asosan 2023 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tashkil etilgan edi.

Ammo hali ham Turizm va madaniy meros vazirligining nomi va muhridan foydalanib kelinmoqda. Turli xil tadbirkorlik sub’ektlari bilan shartnomalar imzolanmoqda. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida ushbu shartnomalar huquqiy kuchga egami, yo‘qmi, degan haqli savol tug‘dirmoqda.  

Vazirlik izohiga ko‘ra, 2022 yil 25 yanvardagi tegishli Prezident farmoniga asosan, yangi tashkil qilingan va qayta tashkil qilingan vazirlik va idoralar faoliyati tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan vazirlik va idoralarning tegishli huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.  

Shuningdek, hujjatda 2023 yil 1 yanvardan boshlab qayta tashkil etilgan va faoliyati tugatilgan davlat organlarining ish yurituvida bo‘lgan litsenziyalash, ruxsat berish, xabardor qilish va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi hujjatlar va arizalar tegishliligi bo‘yicha yangi tashkil etilgan hamda tugatilayotgan tashkilotning tegishli funksiyalari o‘tkazilgan vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.  

Yuqoridagi hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi to‘g‘risida vaqtinchalik nizom» tasdiqlanib, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari agentligining hududiy bo‘linmasiga taqdim etilgan.  

Hozirda Madaniyat va turizm vazirligi va uning tarkibiga yangi qo‘shilgan tashkilot va muassasalarning tashkiliy va huquqiy shakli hamda faoliyat doirasini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilib, tegishli tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda.  

O‘z navbatida, yuqorida keltirilgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanishi inobatga olinib, vazirlik va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha barcha majburiyatlar to‘liq hamda belgilangan muddatlarda bajarilishi kafolatlanadi.  

 

O‘zA