Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shartnoma shartlarini bajarmagan tadbirkor yoxud yaxshi niyatda qurilgan issiqxona
16:50 / 2020-08-07

Fuqaro manfaati sud orqali himoya qilinishi natijasida haqiqatdan ham taʼminotchi tomonidan fuqaro 5 mln. bir yuz ming soʻm zarar koʻrganligi oʻz isbotini topdi.


Toʻraqoʻrgʻon tuman “Tepanaymancha” MFYda yashovchi fuqaro Xurshida Raupova tomonidan 2019-yil aprel oyida “Har bir oila-tadbirkor” dasturi asosida tumandagi “Ibragim Aziyotbek Abduqodir oʻgʻli” MCHJ rahbari bilan 2019-yilda 0.03 sotixga metall konstruksiyali issiqxona qurib berishi uchun oʻzaro shartnoma tuzadi.

Qurilish ishlari uchun Milliy bank tomonidan 15 mln. soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratilib, tadbirkor hisob raqamiga oʻtkazib berilgan boʻlsa-da, biroq tadbirkor tomonidan kelishilgan shartnomada koʻrsatib oʻtilgan shartlari boʻyicha issiqxona ustki qisminipoletilin qoplamasi bilan qoplab bermay, har xil bahonalar qilib qariyb yetti oy mobaynida paysalga solib keladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunining 29-moddasiga asosan fuqaro manfaatini himoya qilish maqsadida jamiyat tomonidan Chust tumanlararo fuqarolik sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Fuqaro manfaati sud orqali himoya qilinishi natijasida haqiqatdan ham taʼminotchi tomonidan fuqaro 5 mln. bir yuz ming soʻm zarar koʻrganligi oʻz isbotini topdi. 2020-yil 23-iyul kuni Chust tumanlararo fuqarolik sudini qaroriga muvofiq “Ibragim Aziyot Abduqodir oʻgʻli” MCHJ tomonidan manfaatdor shaxs X.Raupova foydasiga 3 mln. soʻm moddiy zarar hamda 2 mln. bir yuz ming soʻm penya, jami 5 mln. bir yuz ming soʻm miqdorida koʻrilgan zarar undirib berildi.