Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharsharaning ta’mirga muhtoj yo‘llari
17:13 / 2026-01-08

FOTOTANQID

Farg‘ona shahridagi 48-sonli “Sharshara” mahalla fuqarolar yig‘inida jami 1004 xonadon mavjud bo‘lib, ularda 4 ming 773 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallaning ichki yo‘llari holati barcha hududlarda ham qoniqarli emas.  

Ayrim ko‘chalarda yo‘l qoplamasining eskirishi aholi uchun jiddiy noqulayliklar keltirib chiqarmoqda. Mazkur yo‘llar ta’mirga muhtoj. Mahallaning 88-xonadonida yashovchi fuqaro Azizbek Ro‘ziyevning aytishicha, ichki ko‘chalarning ayrim qismlari uch yildan ortiq vaqtdan buyon o‘nqir-cho‘nqir holatda qolib kelmoqda. Ushbu ko‘chadan avtomashinada harakatlanilsa, yo‘lning vayron holati yaqqol seziladi.  

[gallery-27026]

Mazkur masala yuzasidan bir necha bor tegishli idoralarga murojaat qilingan bo‘lsada, hozirga qadar ko‘chalar ta’mirlanmay, qarovsizligicha qolgan. Aholi mazkur muammoga mutasaddi tashkilotlar tomonidan e’tibor qaratilib, ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilishini kutmoqda.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA