Isroil politsiyasi 7 aprel kuni ushbu mamlakat qamoqxonasida saraton kasalligidan vafot etgan falastinlik yozuvchi Volid Dakkaning rafiqasi Sena Dakkani Eski shaharning Damashq darvozasi hududida qo‘lga oldi. Bu haqda XAMAS nazoratidagi mahbuslar bo‘yicha matbuot xizmati xabar berdi.
Ayol so‘roq qilish uchun olib ketilgan, biroq hibs tafsiloti hozircha oshkor etilmagan.
Voqea milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Senani zudlik bilan deportatsiya qilishni talab qilgandan ko‘p o‘tmay sodir bo‘ldi. Isroilning "Walla" axborot portali Ben-Gvir ichki ishlar vaziri Moshe Arbelga bir kun ichida to‘rt marta shunday so‘rov bilan qo‘ng‘iroq qilgani haqida yozdi.
28 may kuni Isroil Falastin ma’muriyatidan moliyaviy yordam olishda ayblanib, qamalgan, ayni payt jazo muddatini o‘tayotgan to‘rt nafar arabni fuqarolikdan mahrum qilish va deportatsiya qilish jarayonini boshlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, saraton kasalligidan aziyat chekkan Volid Dakka 7 aprel kuni Tel-Aviv yaqinidagi "Assaf Xarofe" kasalxonasida vafot etdi. 62 yoshli mahbus 1986 yildan beri Isroil turmasida edi.