French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharqiy Qozog‘iston: daryo sathi ko‘tarilishi oqibatida qishloqlar tashqi dunyodan uzilib qoldi
17:38 / 2018-03-12

To‘xtovsiz yomg‘ir yog‘ishi oqibatida daryoda suvining sathi ko‘tarilib, Sharqiy Qozog‘istondagi Kurchum va Topterek aholi punktlarini bog‘lab turgan ko‘prik suv ostida qoldi.

To‘xtovsiz yomg‘ir yog‘ishi oqibatida daryoda suvining sathi ko‘tarilib, Sharqiy Qozog‘istondagi Kurchum va Topterek aholi punktlarini bog‘lab turgan ko‘prik suv ostida qoldi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar qo‘mitasi vakili Ruslan Imankulov ma’lum qildi, deyiladi Kazinform xabarida.

Ruslan Imankulovning qayd etishicha, ikki qishloqni bog‘lovchi yo‘l va ko‘prik suv ostida qolgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan ushbu yo‘nalishdagi yo‘llar to‘sib qo‘yilgan.

20180312164110.jpg

Toperekkacha bo‘lgan masofa 4 kilometrni tashkil qiladi. Kurchum tumani mutasaddilari va mahalliy politsiya bo‘linmalari xodimlaridan iborat tezkor qutqaruv guruhi tashqi dunyodan uzilib qolgan aholiga qayiqlarda zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib bermoqda. Aholini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Hozirgi vaqtga qadar 10 nafar fuqaroni xavfsiz joyga ko‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.

Tabiiy ofat yuz bergan hududlarda tunu kun navbatchilik joriy qilingan.