Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharqiy mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish ortmoqda
10:56 / 2022-03-06

Malayziyada keyingi bir kunda 33 ming 209 holatda koronavirusga chalinish holati qayd etildi, deyiladi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotida.

“REGNUM” xabariga ko‘ra, shu tariqa Malayziyada kasallikka chalinganlarning umumiy miqdori 3 million 561 ming 766 nafarga yetgan. Mamlakatda jami 33 ming 106 kishi kasallik qurboni bo‘lgani ma’lum qilingan. Hozir qirollikda uch yuz besh ming o‘nta faol kasallanish holati qayd etilmoqda.

Janubiy Koreyada qatorasiga ikki kundan buyon koronavirusga chalinganlar miqdori 250 mingdan oshgani qayd etilmoqda, deyiladi mamlakat kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma’lumotida. REGNUM xabariga qaraganda, jumladan, keyingi bir kunda 254 ming 327 holatda virusga chalinish kuzatilgan. Keyingi besh kunda kasallanganlar milliondan oshgan aytilmoqda. Shuningdek, keyingi bir kunda 216 kishi virus qurboni bo‘lgan, bu esa, pandemiya davridagi kunlik rekord ko‘rsatkich  hisoblanadi.