French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharqiy Davos forumi 20-22 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi
14:50 / 2022-03-17

Boao Osiyo forumi (BOF) bu yil 20-22 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda payshanba kuni BAF kotibiyati ma’lum qildi.

Tadbir “Pandemiya va tinchlik: global taraqqiyot va umumiy kelajak uchun o‘zaro hamkorlik” shiori ostida o‘tkaziladi.

Forum ham offlayn, ham onlayn tarzda tashkil etilishi rejalashtirilgan. Uning asosiy vazifasi, ekologiya, innovatsiya, bag‘rikeng va hamkorlik, xalqaro birdamlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilish bo‘ladi.

Yanvar oyida BAF bosh kotibi Li Baodong 2022 yilda forum hatto pandemiya sharoitida ham bo‘lib o‘tishini ta’kidladi. Shuningdek, tadbir muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonch bildirdi.

Bosh kotib ta’kidlaganidek, 2022 yilda BOFning asosiy mavzulari qatoriga jahon iqtisodiyotini raqamlashtirish, keng ko‘lamli epidemiyalarga qarshi kurashish uchun tajriba almashish, ekologik barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish, global boshqaruv masalalari va Osiyo mamlakatlari hamda boshqa davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik kiradi. Boaodagi forum 2001 yildan buyon Xaynanda muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda va unda 29 ta davlat (Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari) ishtirok etadi.

BOF Sharqiy Davos ham deb ataladi: bu muhim kelishuvlarni imzolash, Osiyo va dunyoning boshqa barcha mintaqalaridagi biznes va hukumat doiralari vakillari o‘rtasidagi pozitsiyalarni muvofiqlashtirish uchun katta platformadir. Xitoy hukumati uni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi va bu mexanizmni Pekinning xalqaro aloqalarini faollashtirish hamda mustahkamlashga xizmat qiluvchi yumshoq diplomatiyaning samarali vositasi hisoblaydi.