French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharqda ilk pochta xizmatiga Bobur asos solgan
17:42 / 2022-01-14

Inson doimo o‘zaro muloqot qilish, fikr va tajriba almashish, bir-birining holidan xabardor bo‘lib turishga intilgan va bu ehtiyojini pochta xizmati orqali amalga oshirib kelgan.

Dastlabki pochta tuzilmalari qadimgi Misrda paydo bo‘lgani aytilsada, dunyo tamadduni beshiklaridan biri hisoblangan ko‘hna diyorimizda ham pochta xizmati bosqichma-bosqich shakllanib, taraqqiy etib kelgan.  

Xususan, Amir Temur saltanatida o‘z davri uchun mukammal pochta xizmati tashkil etilgan. Shu bois, sohibqironning amru farmonlari uning tasarrufidagi barcha hududlarga zudlik bilan yetkazib turilgan.  

Zahiriddin Muhammad Bobur tashabbusi bilan esa Sharqda ilk bor tom ma’nodagi pochta xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu soha xizmatchilariga maosh berilib, manzilga tez yetib borishi uchun xavfsizligi ta’minlangan.  

Mamlakatimizda mustaqillikdan so‘ng ushbu sohada izchil islohotlar amalga oshirildi. Lekin 2000 yilning 31 avgustida qabul qilingan «Pochta aloqasi to‘g‘risida»gi qonun bugun zamonaviy talablarga javob bermay qoldi. Shundan kelib chiqib, yangi qonun loyihasi tayyorlandi.  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan dastlabki hujjat – «Pochta aloqasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi bo‘ldi.  
Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasining qabul qilinishi sohada me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, aholiga tezkor, zamonaviy va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratish imkonini berishini inobatga olib, loyihani qo‘llab-quvvatladilar.  

Fraksiya yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.  

Qayd etilganidek, tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalar doirasida yuzaga keladigan barcha fors-major holatlarini tasdiqlash Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amalga oshirilib kelinadi. 
Ammo mahalliy shartnomalar doirasida yuzaga keladigan bunday holatlarni tasdiqlash bo‘yicha vakolatli organ belgilanmagan va bu tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bir qator muammolarni vujudga keltirmoqda. 

Ushbu qonun loyihasi bunday holatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda xo‘jalik shartnomalar doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan (fors-major) holatlarni tasdiqlash vakolatini Savdo-sanoat palatasiga berish ko‘zda tutilgan.  

Deputatlar qonun loyiha bu boradagi normativ-huquqiy bazaning yaratilishi, huquqiy bo‘shliqning to‘ldirilishiga xizmat qilishini e’tiborga olib, uni ma’qulladilar.  



Oliy Majlis Qonunchilik palatasi  
axborot xizmati, O‘zA