Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sharq yulduzi” jurnalining yangi soni nashrdan chiqdi
17:37 / 2023-07-12

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muassisligida “Sharq yulduzi” jurnalining navbatdagi yangi soni nashrdan chiqdi.

Jurnal O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfining “Men senga yetdim...” nomli she’riy turkumi bilan boshlanadi. Atoqli shoirning inson umri, yoshlikning g‘animatligini eslatib turuvchi:

                                           Vido tabassumli olam, yoshligim,

                                           Ko‘zlarimda qotgan jolam, yoshligim,

                                           Ko‘klarga yetmagan nolam, yoshligim,

                                           Suvga cho‘kib ketgan bolam, yoshligim,

                                           Vido tabassumli olam, yoshligim... 

satrlari o‘quvchi qalbiga “ogohlik qo‘ng‘irog‘i” chalib turadi...

Yosh yozuvchi Xoliyor Safarovning “Eng qayg‘uli quvonch” nomli qissasi bilan tanishib, davomini jurnalning keyingi sonida o‘qishni ko‘ngilga tugib qo‘yasiz.

Taniqli shoir O‘tkir Rahmatning “Yurak hayqirig‘i”, Humoyunning “Sabolarda uchdi misli shar”, Habib Abdunazarning “Ko‘ngil javhariga to‘kilgan siymo”, Ikrom Iskandarning “Xayolimda sen bir hilol”, Shermurod Subhonning “Bir so‘z bo‘lib o‘rtar dilni dard” nomli she’riy turkumlari orqali so‘z sehri, she’r zavqidan bahramand bo‘lasiz.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Farhod Musajonovning “Ibrat”, Shodiqul Hamroning “Uyiga qaytayotgan odam”, Jasur Ishoqovning “Muhabbatning kuzgi o‘rgimchak to‘ri” hikoyalaridagi dard, og‘riqlarni qalbingizda his etib turasiz.

To‘lqin Muhiddinning “Said Ahmad va Saida” dramasida parcha, shuningdek, akademik Naim Karimov, Sanobar To‘laganova, Ikrom Otamurod, Qodirjon Nosirov,  Olim Oltinbekning adabiy-badiiy, tanqidiy-tahliliy maqolalari ham, hech shubhasiz, ko‘nglingizdan joy oladi.

O‘zA