Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sharq unsimon qurti” va “Kulrang zambrug‘” kabi zararkunandalar aniqlandi.
14:02 / 2019-09-27

O‘simliklarni zararkunandalardan o‘z vaqtida himoya qilish xalqimiz turmush farovonligi yo‘lidagi eng muhim vazifalardan birdir.


O‘simliklarni zararkunandalardan o‘z vaqtida himoya qilish xalqimiz turmush farovonligi yo‘lidagi eng muhim vazifalardan birdir. Shu bois, bugungi kunda mamlakatimiz faunasini turli zararkunanda organizmlardan asrashga katta e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizga boshqa davlatlardan karantin ostidagi zararkunandalar kirib kelishining oldini olish maqsadida O‘simliklar karantini chegara maskanlari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, “Toshkent yuk saroyi” o‘simliklar karantini chegara maskanida ham chetdan kirib kelayotgan yuklar va xorijga chiqarilayotgan mahsulotlar sinchiklab tekshiruvdan o‘tkazilyapti.

O‘tgan oyda chegara maskani inspektorlari tomonidan Markaziy karantin laboratoriyasiga 12 ta xar xil turdagi o‘simliklar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va urug‘lardan namunalar topshirildi. Natijada “Sharq unsimon qurti” va bakterial kasalliklarni tarqatuvchi “Kulrang zambrug‘” kabi karantin ostidagi zararkunandalar aniqlandi. Bu zararkunandalar bilan zararlangan mahsulotlar qoidaga binoan yo‘q qilindi.

Mutaxassislarimiz aholi orasida olib boriladigan targ‘ibot ishlariga ham alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Jumladan, o‘simliklar karantini yo‘nalishidagi qonunlar va me’yoriy hujjatlar, karantin ostidagi zararkunandalar va ularning o‘simliklar dunyosiga salbiy ta’siri va ularning oldini olish bo‘yicha aholini xabardor qilish maqsadida ko‘pgina seminarlar va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilyapti.

J.MUROTOV, “Toshkent yuk saroyi” o‘simliklar karantini 
chegara maskani agronom inspektori.