Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali oldidan
10:55 / 2019-08-23

“Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali oldidan 25-26 avgust kunlari Samarqandda UNESCO shafeligida o‘tadigan xalqaro konferensiyada dunyoning qirqdan ortiq mamlakatidan 200 dan ziyod olim ishtirok etadi.


“Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali oldidan 25-26 avgust kunlari Samarqandda UNESCO shafeligida o‘tadigan xalqaro konferensiyada dunyoning qirqdan ortiq mamlakatidan 200 dan ziyod olim ishtirok etadi.

“Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolar va ularni hal qilish strategiyasi“ mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyaga 300 dan ortiq sharqshunos olim, UNESCO ekspertlari, xalqaro OAV vakillari taklif etilgan.

Shuningdek, Samarqandda “Asrlar qa’ridan taralgan nur“ nomli islomshunos olimlar ishtirokida xalqaro konferensiya ham bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar“ turkumidagi kitob-albomlarning Xorazm va Buxoro viloyatlari obidalariga bag‘ishlangan navbatdagi jildlari (14 va 15-jildlar) taqdimoti hamda BBC o‘zbek xizmati va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida suratga olingan “Katta langar Qur’oni: sirlar va haqiqatlar“ kitobining taqdimoti o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qurilgan Imom Buxoriy ilmiy tadqiqot markaziga tashrif ham ko‘zda tutilgan.