English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharq miniatyurasi targ‘ibotchisi
16:38 / 2019-05-16

Buxoro shahridagi Nodir devonbegi madrasasida faoliyat yuritayotgan Hunarmandlar markazida kashtachilik, zardo‘zlik, yog‘och, mis o‘ymakorligi va sharq miniatyurasi bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab usta-hunarmandlar ijod qiladi.

“Hunarmand” uyushmasi a’zosi Sherali Avezov ham ushbu manzilda joylashgan ustaxonasida sharq miniatyurasi asarlarini yaratib kelmoqda. Ustaning qadimiy usulda naqsh chizilgan dekorativ qutichalar, 6 qirrali kursichalar, lokli miniatyura asarlari har qanday kishini hayratga soladi. Usta o‘z san’at namunalari bilan Germaniya, Fransiya, Belgiya, Gollandiya kabi davlatlarda o‘tkazilgan ijodiy ko‘rgazmalarda ishtirok etib, sharq miniatyurasi san’atini targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

3.jpg

2.jpg