Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sharq durdonalari” to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
12:31 / 2026-01-23

Buyuk mutafakkir va shoir bobokalonimiz Alisher Navoiyning asarlari, ularning ma’no-mazmuni bugun ham o‘z qadr-qimmati bilan dunyo olimlari e’tiborini tortmoqda. O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning hikmatli so‘zlari va ularning turk, ingliz va xitoy tillariga tarjimalaridan iborat “Sharq durdonalari” (Pearls of the East) to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot tadbirida e’tirof etilganidek, buyuk shoir, alloma, davlat va jamoat arbobi Navoiy ijodiga dunyo ziyolilarining qiziqishi hamisha yuqori bo‘lgan. Uning ezgu g‘oyalarga yo‘g‘rilgan asarlari asrlar osha hamon dolzarbligicha qolmoqda. Nainki mamlakatimizda, balki jahonning  aksariyat  taniqli olim va tarjimonlari, yozuvchi va shoirlari uning ijodiga murojaat etgan.         

 Keyingi yillarda Alisher Navoiy asarlari ingliz, fransuz, nemis, xitoy, polyak, turk tillariga tarjima qilinib, xorijlik tarjimonlar tomonidan jahon ahliga taqdim etilmoqda.  

“Sharq durdonalari” nomli ushbu kitob Hazrat Alisher Navoiyning 100 ta hikmatli so‘zlari va ularning turk, ingliz va xitoy tillariga tarjimalaridan iborat mo‘’jazgina to‘plamdir.    

Kitob uchun  Alisher Navoiyning komil inson g‘oyasi, insoniyat kurashib kelayotgan illatlar, umuminsoniy masalalarga oid falsafiy qarashlari aks etgan eng sara aforizmlari tanlab olindi.          

Alloma bobomizning hikmatli so‘zlari taniqli navoiyshunoslar Dilnavoz Yusupova va Ergash Ochilov tomonidan zamonaviy o‘zbek tiliga tabdillari ilova qilindi.              

To‘plamdagi tarjimalar Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasining professor-o‘qituvchilari Gulnoza Odilova, Lyu Syulein, Shohista Meyliyeva tomonidan amalga oshirilgan.                  

N.Usmonova,

O‘zA