Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Sharq birligi: Mirzo Qadim Iravoniy va o‘zbek naqshlari"
15:59 / 2025-12-23

O‘zbekiston Badiiy akademiyasida “Sharq birligi: Mirzo Qadim Iravoniy va o‘zbek naqshlari” nomli badiiy rasmlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash hamda g‘olib ishtirokchilar asarlaridan iborat ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent fotosuratlar uyi  ko‘magida Ozarbayjon rassomi va naqqoshi Mirza Qodim Iravoniyning 200 yillik yubileyiga bag‘ishlab tashkil etildi.

Sharqona naqshchilik an’analarini asrab-avaylash, yosh rassomlarni qo‘llab-quvvatlash va Ozarbayjon hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy muloqotni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan turli yosh toifalariga mansub rassomlar hamda bezak san’ati  ijodkorlari ishtirok etdi. Taqdim etilgan asarlar professional hakamlar hay’ati tomonidan badiiy va kompozitsion mezonlar asosida baholandi.

Shuningdek, tadbir dasturida Mirza Qodim Iravoniyga bag‘ishlangan film namoyish etildi.

Tadbir doirasida tanlovning eng yaxshi asarlaridan iborat ko‘rgazma tashkil etildi.  

G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA