Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharpalar shahri yoxud «Falokat turizmi» YUNESKO butunjahon merosi ro‘yxatiga kirishi mumkin
14:53 / 2020-12-18

1986 yil aprel oyida Ukrainadagi Chernobil AESda misli ko‘rilmagan falokat oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan, 350 ming aholi ko‘chirilgan va millionlab kishi sezilarli darajada nurlangan.

Tabiiy ofat atom elektr stansiyasi atrofidagi hududni butkul o‘zgartirgan. Bu tarixdagi eng yomon baxtsiz hodisa deb ataladi.

Zamonaviy turizm hududini tashkil etish maqsadida Ukraina Chernobilni YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish taklifi bilan chiqdi.

YUNESKOga taqdim etilgan taklif bo‘yicha tashkilot 2023 yilda yakuniy qaror qabul qiladi. Ukraina rasmiylari ta’kidlagan maqom turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Ushbu taklif 2,5 ming kvadrat kilometrlik aholi yashamaydigan hududga sayohat qilishni tartibga solish uchun yordam beradi. O‘tgan yili Chernobilga rekord darajada – 124 ming sayyoh tashrif buyurgan.

Portlashlar radiatsiyasi hanuzgacha eksklyuzion zonaning tabiatiga zararli ta’sir ko‘rsatmoqda. Agenci France-Precce xabariga ko‘ra, bu hududda odamlar qo‘rqmasdan yashashlari uchun 24000 yil kerak bo‘ladi.

Biroq, sayyohlar u yerga qisqa vaqtga kelishlari mumkin. 2019 yil iyun oyida «ColoEast» sayyohlik kompaniyasining direktori Viktor Korol «SNN»ga bergan intervyusida Chernobilni mutlaqo xavfsiz ekanligini aytdi. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Chernobilga tashrif buyurgan sayyohlar fluorografiya (rentgen)ga tushganga qaraganda kamroq radiatsiya olishadi.

Sayyohlarni bir paytlar 50 ming kishi yashagan yaqin atrofdagi Pripyat shahri o‘ziga jalb qilardi. Hozir bu yer — sharpalar shahri. Eski hayot haqida ko‘plab qorong‘i eslatmalar mavjud. Jumladan, eskirgan poyga yo‘li va muzlab qolganga o‘xshash «Ferris g‘ildiragi» bo‘lgan madaniyat va istirohat bog‘i.

Ammo sayyohlar oqimi ham salbiy oqibatlarga olib keladi. Mahalliy aholining aytishicha, chaqirilmagan mehmonlar tashlandiq shaharchalarga axlat tashlaydilar va o‘zlari bilan eksponatlarni olib ketishadi.

Ukraina madaniyat vaziri Oleksandr Tkachenko Agenci France-Preccega bergan intervyusida mabodo Chernobil YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatidan o‘rin oladigan bo‘lsa, odamlar qandaydir yopiq hududga kirib ketgan xazina qidiruvchilar kabi harakat qilishni to‘xtatishadi. Ya’ni turizm qonun-qoidalariga amal qilishadi.

Dilfuza Ostonova, O‘zJOKU talabasi