Sharopov Ramziddin Najmiddinovichning qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Lalmi yerlardan samarali foydalanishni tashkil etishning nazariy va uslubiy asoslari” mavzusida
Sharopov Ramziddin Najmiddinovichning “Lalmi yerlardan samarali foydalanishni tashkil etishning nazariy va uslubiy asoslari” mavzusidagi 06.01.10 – Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01 raqamli bir martalik Ilmiy kengashning 2025-yil 27-dekabr, soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100164, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy.
Tel.: (+71) 260-48-00; faks: (71) 260–38–60
e–mail: tuag_info@edu.uz