Sharofiddin Boltaboyev bronza medali uchun kurashni davom ettiradi
Dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboyev "Tokio–2020" Olimpiadasida navbatdagi bahsini o‘tkazdi. Bu gal u avstriyalik raqibi bilan kuch sinashdi.
Shamil Borchashviliga qarshi kechgan shiddatli kurashda polvonimiz qo‘shimcha daqiqada vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Biroq bronza medali uchun kurashish imkonini saqlab qoldi.
O‘tish bosqichda unga gruziyalik Tato Grigalashvili raqiblik qiladi.
O‘zA