French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharof Rashidovning talabalik shaxsiy ma’lumotlari, bir asrlik hujjatlar
11:32 / 2022-03-29

Bunday hujjatlar “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va Samarqand viloyatida arxiv ishi va ish yuritish holati” bo‘yicha Samarqand viloyati arxiv muassasalariga tashrif mavzusida o‘tkazilgan press-turda namoyish etildi.

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar dastlab Pastdarg‘om tumani davlat arxivida bo‘lib, davlat saqlovidagi arxiv hujjatlari va fotoko‘rgazma bilan tanishdi. Tuman davlat arxivi direktori Abdurazzoq Diyarov tuman davlat arxivida hujjatlar saqlanishini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar, arxivda hujjatlarni raqamlashtirish jarayoni, Milliy arxiv fondining Davlat katalogini yuritish ishlari, arxivda tashkilotlar hujjatlariga ilmiy texnik ishlov berish jarayoni haqida batafsil ma’lumot berdi.  

– Prezidentimiz va hukumatimizning arxiv ishini rivojlantirishga qaratilgan qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yilda Pastdarg‘om tumani xokimining tegishli qaroriga asosan mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 1 milliard 200 million so‘m evaziga 150 ming saqlov birligiga mo‘ljallangan ikki qavatli zamonaviy arxiv binosi qurilib foydalanishga topshirilgan edi, – deydi A Diyarov. – bugungi kunda Pastdarg‘om tumani davlat arxivida bir asrlik, ya’ni 1926 –2018 yillardagi davrni o‘z ichiga olgan jami 393 ta fondda hujjatlar saqlanmoqda. Pastdarg‘om va Nurobod tumanlardagi tashkilot korxona va muassasalarga tegishli hujjatlardan iborat fonddagi arxiv hujjatlarini raqamlashtirish maqsadida Yaponiyada ishlab chiqarilgan “Fujitsu ScanSnap SV600” rusumli 3 dona zamonaviy skaner xarid qilindi. Hozirgi kunda arxiv tomonidan 689 saqlov birligida 181469 kadr hujjatlarning elektron nusxalari yaratilib, “O‘zarxiv” agentligi tomonidan joriy etilgan e.archive.uz arxiv hujjatlarini yagona saqlovini ta’minlash va ulardan tez va qulay foydalanish tizimiga joylashtirish ishlari olib borilmoqda.  

[gallery-6340]

Press-tur Samarqand tumani davlat arxivida davom ettirildi. U yerda ishtirokchilar davlat arxivida saqlanayotgan atoqli davlat arbobi, adib Sharof Rashidovning Jizzax pedagogika bilim yurtida o‘qigan davriga oid talabalik shaxsiy ma’lumotlari va boshqa shu kabi qiziqarli hujjatlar bilan tanishtirildi.  

– Mazkur davlat arxivi dastlab tumanimizdagi XVII asrda bunyod etilgan Nodir Devonbegi madrasasida 34 fond birligi bilan faoliyat boshlagan, – deydi Samarqand tumani davlat arxivi direktori Dilshod Qadirov. – Ayni paytda 904 fond mavjud bo‘lib, 123 ming saqlov birligida hujjatlar saqlanayotgan davlat arxivi barcha qulayliklarga ega zamonaviy binoda faoliyat olib bormoqda. bugungi kunda Samarqand tumani davlat arxivi Urgut va Tayloq tumanlaridagi jismoniy va yuridik shaxslarga hamda tashkilot, korxona va muassasalarga arxiv xizmatini ko‘rsatib kelmoqda. Tuman davlat arxivi 1919-2021 yillarda shakllangan hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Samarqand tumani davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlardan 15112 saqlov birligidagi hujjatlar ko‘rib chiqilib, 2255 saqlov birligidagi hujjatlardan 25087 ta alohida qimmatli hujjatlar aniqlanib, raqamlashtirilgan.  

Ishtirokchilar tuman davlat arxivida yaratilgan sharoitlar bilan tanishuv asnosida hujjatlarni restavratsiya qilish laboratoriyasi, hujjatlarni ta’mirlash jarayoni, ta’mirlashda ishlatiladigan xom-ashyolar va dastgohlar bilan ishlash, Milliy arxiv fondining Davlat katalogini yuritish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Shu yerning o‘zida Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Mamanazarov 2021 yilda davlat arxivlarida amalga oshirilgan islohotlar hamda 2022 yilda belgilab olingan rejalar yuzasidan axborot berdi. Ta’kidlandiki, Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida bugungi kunda 7 ta davlat arxivi, 1 ta davlat arxivining filiali va 12 ta shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan arxiv xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. 

Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi viloyat, shahar va tuman arxiv muassasalari 131 ta kompyuter to‘plamlari, 52 ta printer, 33 ta zamonaviy skanerlar bilan jihozlangan. bugungi kunda viloyat, shahar va tuman arxiv muassasalarida 12600 ta fondda 1 million 542 ming 524 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Shundan asosiy faoliyatga oid hujjatlar 890 ming 113 saqlov birligini, shaxsiy tarkib hujjatlari esa 646 ming 582 saqlov birligini, shaxsiy kelib chiqish hujjatlari 5 ming 155 saqlov birligini hamda ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari 674 saqlov birligini tashkil etadi. Shuningdek, 2021 yilda qog‘oz asosidagi o‘ta qimmatli hujjatlarni aniqlash va ularning elektron nushalarini yaratish ishlarini olib borishda arxivlarda o‘ta qimmatli hujjatlardan 3587 saqlov birligidagi 896 649 ta kadrdan iborat hujjatlar elektron nusxalari yaratilib, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan joriy etilgan (e.archive.uz) elektron tizimiga bosqichma-bosqich kiritilib borilmoqda. 

G‘.HASANOV,  
A.ISROILOV (surat), O‘zA