Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharm-ash-Shayx atrofi beton devor bilan o‘raldi
12:21 / 2021-02-11

Misrning mashhur kurort shahri – Sharm-ash-Shayx atrofida 36 kilometrlik beton devor tiklandi.

Ushbu inshoot dam olish hududini sahrodan himoya qiladi. Bu haqda “Euronews” xabar bergan.

Endi shaharga kamera va skaner bilan jihozlangan to‘rt darvozaning biridan kirish mumkin.

Mamlakat sayyohlik tarmog‘i rahbariyati devor Sinay yarim orolining ayni hududiga eng xavfsiz dam olish joyi sifatida sayyohlar ishonchi oshishiga umid bildirmoqda.

2005 yilda yuz bergan portlash, 2011 yildagi Misr inqilobi, 2015 yili Rossiya yo‘lovchi samolyoti Sinayda qulab tushishi va koronavirus pandemiyasi Sharm-ash-Shayxga kelayotgan turistlar sonini kamaytirib yubordi.

Mazkur qurilish haqida 2019 yil fevral oyida ma’lum qilingan edi. O‘shanda Janubiy Sinay gubernatori Holid Fuda "mazkur loyiha Sharm-ash-Shayxga turizmda boy berilgan daromadni qaytaradi”, degan edi.