French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharlotta Adrian: “Biz O‘zbekistonga ta’lim sohasida foydali tajribalarni olib kirmoqchimiz”
16:53 / 2023-10-05

Mamlakatimizning uchta hududida Yevropa Ittifoqi ta’lim ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Bugun shu munosabat bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.  

Joriy yilning 9 oktbyarida Toshkentda, 11 oktyabrida Samarqandda, 13 oktyabrida Namanganda bo‘lib o‘tadigan ushbu ko‘rgazmaYevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va  Erasmus+  milliy ofisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda mahalliy OTMlar ko‘magida tashkil etiladi.  

Mamlakatimizda ikkinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu Yevropa Ittifoqi ta’lim ko‘rgazmasida Yevropaning qator yetakchi universitetlari va xalqaro akademik tashkilotlari o‘z imkoniyatini namoyish etadi.  

[gallery-13872]

Matbuot anjumanidaYevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian ushbu ko‘rgazma haqida intervyu berdi:  

–Yevropa Ittifoqi ta’lim ko‘rgazmasini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonga Yevropaning yetakchi universitetlari va xalqaro akademik tashkilotlarini jalb qilish va amaliy natijalarga erishishga qaratilgan.  

Shu sababli, ushbu ko‘rgazma biz uchun  katta ahamiyatga ega. Negaki, bu  O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining yondoshuvini ko‘rsatib beradi. Ta’lim  va ko‘nikmalar  uchun muhim bo‘lgan malakalarni shakllantirishga qaratilgan yo‘nalishlar va tamoyillar bizning yondoshuvimiz hisoblanadi.  Bu tadbirni  Yevropada ham  o‘tkazamiz. Chunki bu Yevropa ta’lim yili bilan bog‘liqdir.  

Aytish kerakki, ta’lim har qanday mamlakatda barqaror  rivojlanish  va farovonlikning asosidir.  Bu hayotni o‘zgartiradi va dunyoqarashlarni shakllantiradi.  

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida dunyoning yetakchi universitetlari joylashgan. Bu uni global oliy ta’lim bozorida muhim ishtirokchiga aylantiradi. Albatta, bu o‘zbekistonlik talabalar uchun ham katta imkoniyatdir. Yevropa Ittifoqi universitetlarida olingan oliy ta’lim global bilim va ko‘nikmalarni yaratadi, ular bitiruvchilar o‘z vatanlariga qaytganlaridan so‘ng, butun mamlakat taraqqiyotiga albatta hissa qo‘shadi.  

Men shu o‘rinda, O‘zbekistondagi Erasmus+milliy ofisi muvofiqlashtiruvchisi Aziza Abdurahmonovaga minnatdorlik bildirmoqchiman.Chunki men mamlakatingiz hududlarida bo‘lganimda, aksariyat aholi ushbu  dasturdan xabardor ekanini bildirgan. Darhaqiqat, Erasmus+  dasturi Yevropa Ittifoqi ta’limi  va O‘zbekiston ta’limi o‘rtasida  muhim ko‘prik sifatida xizmat qiladi.  

Bunda faqat Erasmus+ dasturi doirasida cheklanib qolmay, balki  undan tashqari qanday imkoniyatlar borligini ko‘rsatish hamda  Yevropa Ittifoqi universitetlari va O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni  yanada kuchaytirish ushbu ko‘rgazmaning asosiy maqsadidir.  

Shundan kelib chiqib, ko‘rgazmada  Yevropa Ittifoqining bir qancha mamlakatlari, jumladan,  Belgiya, Bolgariya, Chexiya, Fransiya, Germaniya, Ruminiya va Ispaniya o‘zlarining bakalavriat, magistratura va aspirantura dasturlarini taqdim etadi. Fransiya (Campus France), Chexiya (DZS) va Germaniya (DAAD) milliy agentliklari o‘z mamlakatlarida ta’lim olishning keng imkoniyatlarini namoyish etadi.  

Ushbu ko‘rgazma yurtingizda ikkinchi bor tashkil etilmoqda. Uning keyingi yil o‘tkazilishi esa bu galgi natijalarga bog‘liq bo‘ladi. Chunki Biz O‘zbekistonga ta’lim  sohasida foydali tajribalarni olib kirmoqchimiz.  Agar unda ma’no bo‘lmasa, hech kimga foyda bermaydigan qandaydir tadbirga aylanib qoladi.  Tashkil etish uchun esa ko‘p yondashuv va moliyaviy qo‘llov zarur bo‘ladi.  

Tadbirdan kutilayotgan natijalar haqida gapiradigan bo‘lsak, Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekistonda yangi universitetlar ochilishi va yangi loyihalar ishga tushishiga imkoniyat yaratadi. Bizga ikki tomondan ham murojaatlartushishi mumkin. Ayni paytda O‘zbekiston tomonidan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan murojaatlar yo‘llanmoqda.  

Bilamizki, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi universitetlari o‘rtasida yaxshi aloqalar o‘rnatilgan. Biz bu tadbir orqali ularning hamkorligini yanada mustahkamlash va ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatishga imkoniyat yaratib beramiz.  

 

O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva  

yozib oldi