Sharifa Davronova “Universiada-2025” g‘olibiga aylandi
Germaniyada o‘tayotgan XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida yengil atletikachimiz Sharifa Davronova oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bugun yengil atletika sport turida ayollar o‘rtasida uch hatlab sakrash bo‘yicha o‘tkazilgan final bahslarida yengil atletikachimiz Sharifa Davronova ikkinchi urinishda barcha ishtirokchilar orasida eng yuqori 14,33 m. natija ko‘rsatib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston sport delegatsiyasining medallar soni 4 ta oltin, 4 ta kumush, 7 ta bronzani tashkil etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA