Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharifa Davronova Osiyoning eng yaxshi yosh yengil atletikachisi
10:12 / 2023-07-19

Yengil atletikaning uch hatlab sakrash yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo va jahon chempioni, "Islom birdamligi" o‘yinlari g‘olibi Sharifa Davronova Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi yosh yengil atletikachisi”, deb topildi.

Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi. 

Mukofotni Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi o‘rinbosari Andrey Abduvaliyev topshirdi. 

Tadbirda ta’kidlanganidek, joriy yilgi sport mavsumida Sharifa Davronova oldidagi eng muhim musobaqalardan biri yozgi Osiyo o‘yinlari hisoblanadi. 

Xitoyning Xanchjou shahrida tashkil etiladigan qit’a o‘yinlarida munosib natijaga erishish, kelgusida kattalar o‘rtasidagi chempionatlarda ham ko‘zlangan natijaga erishish Sharifaning sport faoliyatidagi muhim nuqta sanaladi. 

T.Ro‘ziyev, 

O‘zA