English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sharda olimpiadasi g‘oliblari talaba bo‘lish imkonini qo‘lga kiritdi
16:10 / 2022-05-23

Andijonda aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha “Sharda fanlar olimpiadasi”ning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston-Sharda universiteti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumiga asosan, o‘quvchi yoshlarning bilimlarini xalqaro talablar doirasida sinovdan o‘tkazish, Sharda universiteti faoliyatini targ‘ib etish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida matematika, fizika, ximiya, informatika va ingliz tili fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan fan olimpiadasining quyi bosqichlarida umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 4 ming nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi.



Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston-Sharda universitetida ayni kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari hamda biznes yo‘nalishlarida 10 dan ortiq ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. 

Sharda fanlar olimpiadasining final bosqichida 240 nafar bitiruvchi-yosh qatnashib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, fanlar olimpiadasida g‘olib, deb topilgan 15 nafar o‘quvchi muddatidan avval O‘zbekiston-Sharda universiteti talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 



F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA