Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sharaf lentasi”yurtdoshlarimiz vachetellik sayyohlarga ulashildi
17:36 / 2019-05-08

Prezidentimizning joriy yil 23 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Xorazm viloyatida ham qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.


9 may – Xotira va qadrlash kuni 

Prezidentimizning joriy yil 23 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Xorazm viloyatida ham qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xiva shahrida viloyat hokimligi, mudofaa ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda faol va ko‘ngilli yoshlar ishtirokida jami 10 mingdan ortiq milliy bayrog‘imiz ramzi tushirilgan “Sharaf lentasi” yurtdoshlarimiz va chet ellik sayyohlarga tarqatildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad, avvalo, bugungi musaffo osmonimiz, tinchligimiz va yorug‘ kunlarimiz uchun hayotini qurbon qilgan vatandoshlarimiz, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, shuningdek, yoshlar ongu shuuriga inson qadri uning xotirasini yod etish va sharaflash bilan ulug‘ ekanini singdirishdan iborat.

–Qadimiy Xivaga uchinchi bor kelishim, - deydi Janubiy koreyalik sayyoh Cho Xyon U. – Bir qancha bayramlaringizda qatnashganman. Xotira va qadrlash kuni bayrami oldidan tashkil etilgan mazkur aksiya men uchun yana bir hayratlanarli va taassurotlarga boy voqea bo‘ldi.


2.jpg

3.jpg

4.jpg

8.jpg

15.jpg