Xalqaro futbol kuni munosabati bilan O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi va O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi hamkorligida Toshkentda faoliyat yuritayotgan diplomatik vakolatxonalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha "Shanxay kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtning "Chig‘atoy" sport majmuasida o‘tkazilgan musobaqada Kuveyt, Rossiya, Hindiston elchixonalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi futbol jamoalari qatnashdi.
Birinchi o‘rinni egallagan – Rossiya elchixona jamoasiga «Shanxay kubogi» topshirildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston badiiy akademiyasi va SHHT markazi jamoalarga esa diplom va medallar taqdim etildi.
Shuningdek, "Eng yaxshi o‘yinchi", "Eng yaxshi to‘purar", "Eng yaxshi darvozabon" nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar ham aniqlandi.
O‘zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkilotining
Xalq diplomatiyasi markazi axborot xizmati