Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shanxay hamkorlik tashkiloti vakillarining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik
11:15 / 2022-03-02

Ma’lumki, shu yilning 27-28 aprel kunlari Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida tashkillashtiriladigan yig‘ilishning kun tartibi, dasturi va muddati, unda ko‘rib chiqiladigan masalalar rejasini ishlab chiqish hamda hujjatlar bayonnomasini muhokama qilishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston va Xitoy davlatlari mudofaa vazirliklarining xalqaro harbiy hamkorlik boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari ishtirokidagi yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan uchrashuvga O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi rahbarlik qildi.

O‘zA