English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) 20 yillik yubileyini nishonlamoqda
15:43 / 2021-07-23

Shu yil Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tuzilganiga 20 yil to‘ldi.

Tashkilot unga a’zo davlatlarni turli sohalarda amaliy hamkorlik qilishga chorlaydi. A’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy tizimi, iqtisodiy taraqqiyoti  va madaniy an’analarga oid ulkan  tafovutlar  mavjud ekanligiga qaramay, ushbu davlatlar ko‘p qirrali va murakkab mintaqada o‘zaro manfaatlarga erisha oldi.

Xitoy Milliy boshqaruv akademiyasi va SHHT  yaqindan  hamkorlik qiladi. So‘nggi 20 yilda Xitoy Milliy boshqaruv akademiyasi Tashkilot uchun  ko‘plab kadrlarni yetishtirib berdi va SHHT bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatdi. Xalqaro hamkorlik Departamenti direktori Dun Sin 2009 yildan buyon SHHT bilan uzviy aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Departament rahbari  davlat boshqaruvi masalalari bo‘yicha ushbu Forum yordamida SHHT ga a’zo davlatlarning  tegishli institutlari amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirishlari mumkin, deb umid qiladi. 

Rossiya madaniyat markazi direktori Tamara Kasyanova SHHT tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda bir necha bora ishtirok etgan. U har gal SHHT Kotibiyatiga tashrif buyurganida o‘zini xuddi o‘z uyidagidek  his etadi. 

SHHT a’zosi bo‘lgan Pokiston vakili Min Chju hozirgi kunda Sinxua Universiteti huzuridagi «Bir kamar, bir yo‘l» Institutida tadqiqotchi bo‘lib ishlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, biz Osiyo asrida yashayapmiz, rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘plab o‘zgarishlar yuz beryapti va ushbu davlatlar dunyo taraqqiyotiga hissa qo‘shmoqda. 

O‘zbekistonlik Jasur Mavlonov savdo komapniyasining bosh direktori. Uning fikricha, ulkan o‘zgarishlar asrida  davlatlar savdo yoki siyosiy munosabatlarda bir-birini tushunishlari muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bog‘lanish mumkin bo‘lgan shaxslar: Xinchen Liu

Tel:0086-18611556318

Pochta manzili: aurora_xinchen@163.com

YouTube: https://youtu.be/XGBV_GABTkA

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/XGBV_GABTkA" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>