English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shamsiddin Vohidov eng zamonaviy kompyuter bilan mukofotlandi
18:55 / 2019-01-05

2018-yilning soʻnggi kunlarida, 25-31-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida shaxmat boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida Rapid va blis yoʻnalishlarida jahon chempionati boʻlib oʻtdi.


2018-yilning soʻnggi kunlarida, 25-31-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida shaxmat boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida Rapid va blis yoʻnalishlarida jahon chempionati boʻlib oʻtdi.

Mazkur chempionat Xalqaro shaxmat federatsiyasining rasmiy musobaqasi boʻlib, uning mukofot jamgʻarmasi bir million AQSH dollari etib belgilangan.

Musobaqada dunyoning 40dan ortiq davlatidan 206 nafar erkak hamda 124 nafar ayol shaxmat ustalari, qaysiki yuqori malakali xalqaro grossmeysterlar hamda sport ustalari gʻoliblik uchun dona surishdi.

Ular orasida amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen, shuningdek dunyo tasnifida yuqori oʻrinlarni egallab turgan Xikaro Nakamura (AQSH), Sergey Karyakin, Aleksandr Griuk (ikkalasi ham Rossiya), Anish Giri (Gollandiya), Shaxriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon) kabi jahon shaxmatining yorqin yulduzlari ham bor edi.

Jahon chempionati bahslarida vatanimiz sharafini xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov, xalqaro toifadagi sport ustalari Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboyev, ayollar oʻrtasidagi musobaqalarda esa Gulruhbegim Tohirjonova himoya qildi.

Rapid yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan bahslarning 2-turida oʻzbekistonlik Shamsiddin Vohidov sensatsiya qayd etdi. U qora donalarda harakat qilgan boʻlishiga qaramay amaldagi jahon chempioni hamda dunyo reytingida peshqadamlik qilayotgan Magnus Karlsenni 36-yurishda taslim boʻlishga majbur qila oldi. Taʼbir joiz boʻlsa jahonning mutlaq chempioni 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionidan yengildi.

Musobaqa yakunida Shamsiddin Vohidov 8,5 ochko jamgʻargan holda 206 nafar shaxmatchi orasida 58-oʻrinni egalladi. Xolbuki hamyurtimiz jahon chempionatini bor-yoʻgʻi 188-raqamli ishtirokchi sifatida boshlagan edi. Ushbu natija tufayli Shamsiddin oʻz reytingiga 123 ball qoʻshib oldi.

Jahon chempionatida qolgan ishtirokchilarimizdan Nodirbek Abdusattorov 8 ochko bilan 88-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Nodirbek Yoqubboyev 7,5 ochko toʻpladi. Gulruhbegim Tohirjonova esa oʻz hisobiga 7 ochkoni yozib qoʻydi.

Blis yoʻnalishida oʻtgan musobaqalarda ham vakillarimiz munosib ishtirok etishdi va Oʻzbekiston shaʼnini ulugʻlashdi.

Shamsiddin (2).jpg

Shamsiddin (3).jpg

Shamsiddin (5).jpg

Shamsiddin (9).jpg

Bugun shaxmat boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar maktabida yuqorida taʼkidlab oʻtilgan musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan hamyurtimiz, xalqaro toifadagi sport ustasi Shamsiddin Vohidovni taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Tadbirda shaxmat ishqibozlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Marosimda Sh.Vohidov yigʻilganlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Shundan soʻng yosh va iqtidorli shaxmatchimiz Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan MacBook Pro rusumli eng zamonaviy kompyuter bilan taqdirlandi.