English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shamolli nega turizm qishlog‘i emas?
15:27 / 2022-05-19

FOTOREPORTAJ

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanining Shamolli qishlog‘i sharqiroq buloq suvi, salqin havosi va o‘ziga xos tabiati bilan kishini jalb etadi. Ayniqsa, jazirama kunlarda bu hudud tabiat qo‘ynida dam olib, hordiq chiqarishni istaganlar bilan gavjum bo‘ladi.
Haftaning dam olish kunlari bu yerdagi soy bo‘yidan bo‘sh joy topish amrimahol. 

Xullas, minglab aholi oilaviy, do‘stlar davrasida hordiq chiqarayotgan bu maskan nima uchun e’tibordan chetda? Ichki turizmni rivojlantirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bir paytda bunday tabiiy turistik markazlarda xizmat ko‘rsatish va servisni yo‘lga qo‘yish mumkin emasmi? Shamollini turizm qishlog‘iga aylantirish imkoniyatlaridan nega foydalanilmayapti?

Bu kabi savollarimizga javoban mutasaddilar Shamolliga ham e’tibor qaratsa, ajab emas.

[gallery-7172]

Alisher ISROILOV (surat), O‘zA