English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shamoldan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlik
11:49 / 2023-05-06

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Isroilning “G&Y Holding Ltd” kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Grigoriy Isroilov boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.

– Biz yaqinda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldik, – deydi Grigoriy Isroilov. – O‘rganishlarimizga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda yil davomida shamol tezligi 7-12 metr/sekundni tashkil etar ekan. Shundan kelib chiqib, mutasaddilar bilan hududda shamol elektrostansiyasini qurish bo‘yicha muzokaralar olib bordik. Buxoroda ham shu yo‘nalishda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik asosida ish olib bormoqchimiz.  Eshitishimizga qaraganda Buxoroda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi ko‘magida ham xuddi shunday yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Energiya ishlab chiqaruvchi sifatida biz ham o‘z imkoniyatlarimizni namoyish etish istagidamiz. Uchrashuvda Isroil delegatsiyasi a’zolari qishloq xo‘jaligida “Netafim” kompaniyasi bilan hamkorlikda biznes-reja xususida to‘xtalib o‘tdi. Bugun Buxoro davlat universitetida “Netafim” kompaniyasi  taklif etayotgan xizmatlar yuzasidan o‘tkazilgan taqdimotda qatnashdik. Universitet rahbariyati buni katta qiziqish bilan qabul qildi. Kelgusida universitetning agronomiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek, professor-o‘qituvchilarning kompaniyada amaliyot va tajriba o‘tashlari bo‘yicha ham dastlabki kelishuvlar bo‘ldi. Bundan tashqari, universitet rahbari o‘z hududidan 10 gektar yer ajratib, hamkorlikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, bu yerdan tajriba uchastkasi sifatida foydalanish  bo‘yicha ham gaplashdik.

Uchrashuv yakunida taklif etilayotgan loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.

 

Zarif Komilov, O‘zA